“Minbar” — ijtimoiy-siyosiy nashr. U asosan atrofda nimalar yuz berayotganini bilish va tushunishni xohlovchi o‘rta sinf vakillariga mo‘ljallangan. “Minbar” ushbu auditoriyaga nima yuz berayotganini va uning ahamiyatini tushuntirib beradi.

Ijodiy jamoa bugungi axborot vakuumida yashayotgan o‘quvchiga qanday xabar va maqolalar tarqatish haqida ko‘p o‘yladi. Bugun yangiliklar juda ko‘p, lekin toshbosadiganlari oz, aksariyati bir-birini takrorlaydi. Hayp ko‘p. “O‘ldirdi”, “so‘ydi” qabilidagi salbiy xabarlarni gapirmasa ham bo‘ladi.

Xo‘sh, “Minbar” o‘quvchiga nima bera oladi? Uni boshqa nashrlardan ajratib turuvchi jihat nimada?

O‘zimizcha o‘yladik. Kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan eng kam mahsulotlar normasi bor. Xuddi shuning axborot iste’molidagi muqobilini yaratsak-chi?! “Minbar”da yangiliklar “eng kam informatsion ehtiyoj” prinsipi bo‘yicha tanlanadi, ya’ni O‘zbekiston va jahonda yuz berayotgan voqealarni tushunish uchun zarur bo‘lgan eng muhim xabarlar berib boriladi. Ular ortiqcha rasmiyatchiliksiz, xalqchil tilda yoziladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram, Facebook, Twitter, Instagram.

Biz bilan bog'lanish

Ushbu Telegram bot orqali tahririyat bilan bog'langan holda bizga taklif-mulohazalar va xabarlaringizni yuborishingiz mumkin.

Xabar jo‘natish

Manzil : 100031, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Mirobod ko'chasi, 14-uy
E-pochta: [email protected]